AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi
Tashrif doirasida “Fulbright ETA” dasturi doirasida universitetimizda faoliyat olib boradigan amerikalik ingliz tili mutaxassisi Kayl Riz dastlab universitet rahbariyati, Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga tanishtirildi.
Kayl Riz kelgusi 10 oy davomida TerDU talabalari uchun ingliz tilini amaliy o‘rganishga yo‘naltirilgan “Speaking Club” va “Writing Club” va shu kabi mashg‘ulotlarini tashkil etadi.
Mazkur klublarda talabalar ingliz tilida erkin muloqot qilish, yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ingliz tilidan amaliy foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.