Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda
Xitoy, Rossiya, Indoneziya, Malayziya va Belarusning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mazkur dasturlar yoshlar uchun xalqaro ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda xorijiy tajribaga ega bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Sinov jarayonlari bilan Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulov ham yaqindan tanishdi. Rektor sinovlarning adolatli, shaffof va belgilangan tartiblar asosida o‘tkazilishini alohida ta’kidlab, jarayonni bevosita kuzatdi.
Shuningdek, talabgorlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi hamda tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
Ma’lumot o‘rnida: Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish istagini bildirgan talabgorlar soni 1200 nafardan oshiq.
Bu ko‘rsatkich yoshlarning xalqaro standartlarga mos ta’lim olish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tahsil ko‘rish va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.