Qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olish uchun talabalarimiz xorijiy hamkor oliygohga yetib borishdi!
Bakalavriat bosqichining "filologiya tillarni o‘qitish: rus tili" ta’lim yo‘nalishi talabalari 3- va 4-bosqichni Rossiya Federatsiyasida davom ettirishadi.

Talabalarimiz nafaqat yangi bilimlar, balki yangi madaniyat, yangi do‘stlar va xalqaro muhitda o‘qish tajribasiga ham ega bo‘lishadi.
Vladimir davlat universiteti xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, dotsent, filologiya fanlari nomzodi Nadejda Troshina oliygohlar hamkorligi, shuningdek, talabalarimiz bo'yicha o'z fikrlarini videolavhada bildirdi.

Aziz talabalarimiz, sizlar bizning kelajagimiz, omad yor bo‘lsin!