2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA TALABALIKKA TAVSIYA ETILGANLAR RO‘YXATI
Termiz davlat universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshirildi. O‘tkazilgan qabul jarayonlari yakunlariga ko‘ra, magistratura bosqichida tahsil olish uchun talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar ro‘yxati shakllantirildi. Mazkur ro‘yxatda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan talabgorlarga kelgusidagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat, ilmiy izlanishlarida yuqori natijalar hamda kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
Magistraturaga qabul qilingan talabalar ro‘yxati.
Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatdan kechikkan talabgorlarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi.
Talabgorlarning arizalari OTM tomonidan jamlanib, tegishli vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTM rektori tomonidan kontrakt to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida tegishli buyruq qabul qilinadi.
❗️ Muhim: Super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning kontrakti davlat tomonidan qoplab berilmaydi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun bazaviy kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lish lozim.