Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yil 2-tanlovi natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 65 nafar talabgor g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, ularning 11 nafari Termiz davlat universiteti vakillari.
Bu ko‘rsatkich ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari orasida eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi. TerDU vakillari jami g‘oliblarning 17 foizini tashkil etmoqda.
💰 G‘olib loyihalarning umumiy qiymati 1 milliard so‘mga yaqin.
Bu natija universitetimizda ilm-fan va ilmiy izlanishlarga katta e’tibor berilayotganining yana bir yorqin isbotidir. Termiz davlat universiteti jamoasini ushbu quvonchli natija bilan muborakbod etamiz!
