TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 2027-YIL UCHUN OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIMGA QABUL E’LON QILADI
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)
Termiz davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘iga muvofiq 2027-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul e’lon qiladi.
1. HUJJATLARNI QABUL QILISH MUDDATI
Hujjatlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi: daraja.ilmiy.uz
Muhim: talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda talab etilgan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatlarning haqiqiyligi belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
2. 2027-YIL UCHUN TERDU QABUL KVOTALARI
2027-yil uchun Termiz davlat universitetiga jami 29 ta qabul o‘rni ajratilgan:
· Doktorantura (DSc) - 2 ta
· Tayanch doktorantura (PhD) - 18 ta
· Stajyor-tadqiqotchilik - 9 ta
|
T/r |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
DSc |
PhD |
St-tad |
|
1 |
01.01.02 |
Differensial tenglamalar va matematik fizika |
- |
1 |
1 |
|
2 |
01.01.06 |
Algebra |
- |
- |
1 |
|
3 |
01.04.07 |
Kondensirlangan holat fizikasi |
- |
2 |
- |
|
4 |
02.00.01 |
Noorganik kimyo |
1 |
2 |
1 |
|
5 |
02.00.02 |
Analitik kimyo |
1 |
2 |
1 |
|
6 |
02.00.03 |
Organik kimyo |
- |
1 |
1 |
|
7 |
02.00.13 |
Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
- |
1 |
1 |
|
8 |
02.00.14 |
Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi |
- |
2 |
1 |
|
9 |
03.00.06 |
Zoologiya |
- |
2 |
1 |
|
10 |
05.01.07 |
Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui |
- |
1 |
1 |
|
11 |
07.00.07 |
Etnografiya, etnologiya va antropologiya |
- |
1 |
- |
|
12 |
08.00.06 |
Ekonometrika va statistika |
- |
1 |
- |
|
13 |
08.00.07 |
Moliya, pul muomalasi va kredit |
- |
1 |
- |
|
14 |
19.00.05 |
Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya |
- |
1 |
- |
|
|
|
Jami |
2 |
18 |
9 |
Eslatma: jadvalda faqat 2027-yil uchun amalda kvota ajratilgan ixtisosliklar keltirildi.
3. TALABGORLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Tayanch doktorantura (PhD) uchun
· Magistr darajasi, klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki tegishli mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
· PhD dissertatsiyasi tadqiqotiga asos bo‘la oladigan ilmiy natijalarga ega bo‘lish, jumladan kamida 1 ta ilmiy maqola va kamida 2 ta tezis.
· Tanlangan ixtisoslik uchun belgilangan darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lish.
Doktorantura (DSc) uchun
· Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud unga tenglashtirilgan xorijiy ilmiy darajaga ega bo‘lish.
· Ilmiy daraja olgandan keyin muhim ilmiy yutuqlarga ega bo‘lish, jumladan DSc dissertatsiyasi tadqiqotiga asos bo‘la oladigan kamida 3 ta ilmiy maqola va kamida 2 ta tezis.
· Tanlangan ixtisoslik uchun belgilangan darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lish.
4. XORIJIY TIL SERTIFIKATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrug‘i bilan oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy til darajalari ixtisosliklar kesimida tabaqalashtirilgan.
TerDUning 2027-yil qabul ixtisosliklarida talab etiladigan darajalar:
Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning CEFR darajalariga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarning qo‘shma qarori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2024-yil 29-mayda 3515-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan amaldagi ro‘yxat asosida aniqlanadi.
5. 2027-YIL QABULIDAGI MUHIM YANGILIK - ILMIY TADQIQOT ISHI TAQDIMOTI
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklarda tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
· 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga ajratilgan qabul kvotasining 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklarga yo‘naltirilishi belgilangan.
· Taqdimot talablari soha xususiyatlarini hisobga olgan holda Termiz davlat universiteti tomonidan belgilanadi.
· Taqdimot mazmuni, og‘zaki taqdimot va savol-javob natijalari asosida baholanadi.
· Har bir komissiya a’zosi mustaqil baho beradi; yakuniy natija qo‘yilgan ballarning o‘rtacha arifmetik qiymati asosida aniqlanadi.
· PhD talabgorida ilmiy muammoni asoslash, maqsad-vazifalar, obyekt-predmet, metodologiya, tadqiqot g‘oyasi va amalga oshirish rejasini asoslab berish qobiliyati baholanadi.
· DSc talabgorida avvalgi ilmiy natijalar bilan bog‘liqlik, muammoning zamonaviy holatini tanqidiy tahlil qilish, konsepsiya, metodologiya, kutilayotgan ilmiy yangilik va ilmiy-amaliy ahamiyatni asoslab berish qobiliyati baholanadi.
6. KIRISH IMTIHONLARI, SUHBAT VA QABUL JARAYONI
· Amaldagi Nizomga ko‘ra tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga suhbatlar 1-25-noyabr oralig‘ida o‘tkaziladi; aniq sana, vaqt va joy TerDU tomonidan alohida e’lon qilinadi.
· Stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
· Ustuvor ixtisosliklarda tegishli PhD/DSc talabgorlari uchun kirish imtihoni o‘rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti o‘tkaziladi.
· Kirish imtihonlari, suhbat va taqdimot jarayonlari video kuzatuv ostida, onlayn translyatsiya imkoniyati bilan tashkil etiladi.
· Qabul natijalariga ko‘ra o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq 2026-yil 5-dekabrgacha rasmiylashtiriladi va belgilangan muddatda Yagona elektron tizimga yuklanadi.
7. 2027-YILDAN JORIY ETILADIGAN AYRIM YANGILIKLAR
· Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya to‘lanadi.
· 2027-yil uchun tayanch doktoranturaga qabul qilingan doktorantlar birinchi o‘quv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va ma’lumotlar tahlili kabi fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etiladi.
8. TALABGORLARGA MUHIM ESLATMA
- Tanlangan ixtisoslik bo‘yicha 2027-yil qabul kvotasi mavjudligini tekshiring.
- Ilmiy maqola va tezislarning mazmuni hamda rasmiy rekvizitlari amaldagi talablarga muvofiq ekanligini oldindan tekshiring.
- Xorijiy til sertifikatining turi, darajasi, amal qilish muddati va haqiqiyligini tekshiring.
- Elektron tizimga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumot kiritish arizani ko‘rib chiqishga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
- Ustuvor ixtisoslikka hujjat topshirayotgan talabgorlar ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari bilan oldindan tanishib chiqishlari lozim.
9. ASOSIY NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR
|
T/r |
Hujjat |
Asl manba |
|
1 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-98-son Farmoni |
|
|
2 |
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom” |
|
|
3 |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi |
|
|
4 |
Ustuvor ixtisosliklarda PhD/DScga ilmiy tadqiqot ishi taqdimotini tayyorlash va baholash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatma |
|
|
5 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni |
|
|
6 |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrug‘i asosidagi ixtisosliklar bo‘yicha xorijiy til darajalari ro‘yxati |
|
|
7 |
Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati - Adliya vazirligida 3515-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjat |
10. MUROJAAT UCHUN
Termiz davlat universiteti
Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.
Tel.: +998915160236