HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!

⭐️Termiz davlat universiteti 3-bosqich kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun muhim imkoniyat!

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-140-son qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etildi.

🟢Shu munosabat bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarni Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul qilish jarayoni boshlandi. Mazkur markazga Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari belgilangan tartib va tanlov asosida saralab olinadi.

➡️Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishning afzalliklari:

🟢Harbiy unvon va guvohnoma
O‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi hamda tegishli harbiy guvohnoma rasmiylashtiriladi.

🟢Harbiy xizmat uchun yangi imkoniyatlar
Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi turli tuzilma va bo‘linmalarda shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash imkoniyati yaratiladi.

🟢Kelajak uchun muhim imkoniyatlar
Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritgan harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

🟢Kelajakda nafaqat malakali mutaxassis, balki Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishga tayyor harbiy mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

😀Murojaat uchun:
+998 91 574 66 82  Kamol Abdijabborov

❗️Hurmatli 3-bosqich talabalari! Agar sizda harbiy sohaga qiziqish, yuqori jismoniy tayyorgarlik va Vatanga xizmat qilish istagi bo‘lsa — ushbu imkoniyat aynan siz uchun

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi!

  • 2026-09-12
  • 28

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi

Batafsil

TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha sinovlar boshlandi

  • 2026-09-12
  • 32

Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda

Batafsil

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

  • 2026-09-12
  • 21

Termiz davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

Batafsil