Termiz davlat universiteti va QS Sustainability reytingi
Termiz davlat universiteti xalqaro ta’lim maydonida o‘z nufuzini mustahkamlab borayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Universitet so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishlarida amalga oshirayotgan tashabbuslari orqali xalqaro reytinglarda ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, universitetning QS Sustainability reytingidagi ishtiroki ta’lim sifati bilan bir qatorda ekologik barqarorlik, jamiyatga ta’sir va boshqaruv samaradorligi kabi muhim mezonlarga e’tibor qaratayotganini namoyon etadi. Ushbu reyting dunyo universitetlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shayotgan hissasini baholaydi.
Termiz davlat universitetida “yashil makon” loyihalari, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, ekologik targ‘ibot tadbirlari va talabalar uchun ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, universitet xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs) hissa qo‘shishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilagan.
QS Sustainability reytingidagi ishtirok universitetning xalqaro maydondagi ochiqligi, zamonaviy boshqaruv tamoyillari va kelajak avlod uchun mas’uliyatli ta’lim tizimini shakllantirishga intilayotganining yorqin ifodasidir.
Quyida Termiz davlat universitetining QS Sustainability reytingi uchun tayyorlangan hisobotlari va tegishli materiallari taqdim etilgan. Ushbu hisobotlarda universitetning barqaror rivojlanish, ekologik tashabbuslar, ijtimoiy mas’uliyat, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi faoliyati aks ettirilgan. Mazkur hujjatlar universitetning xalqaro standartlarga mos ravishda ochiqlik, samaradorlik va innovatsion rivojlanishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Carbon Reduction Target Policy 2050
Report on the Existence of a Disability Support Office
Report on Training Courses for Termez State University Teachers
Report on Compliance Control and anti Corruption Measurements
Sustainability Literacy Assessment
Sustainable Procurement and Purchasing Policy
Environmental Sustainability Research Centre
Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mikroklonal ko‘paytirish hamda in vitro laboratoriyalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro ekspert Irina Stupakni qabul qildi.
Batafsil
Bugun, Termiz davlat universitetiga Xitoyning nufuzli Tzyansu universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. TerDU rektori A. Toshqulov hamda prorektor va fakultet dekanlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
“OLAMNING JANNATI – O‘ZBEKISTONIM” shiori ostida o‘tkazilgan konsert dasturining yorqin lahzalaridan fotoreportaj.
Batafsil© Termiz davlat universiteti