O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi

O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.

Gerbning yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.

Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU hamkorligida yana bir xalqaro grant loyihasi amalga oshirilmoqda

  • 2026-10-04
  • 39

Termiz davlat universiteti va Fransiyaning Archéorient – UMR 5133 (CNRS / Université Lumière Lyon 2) laboratoriyasi hamkorligida «Kayrit vohasini muhofaza qilish va jamoatchilikka tanishtirish» (KO3P) loyihasi amalga oshirilmoqda.

Batafsil

«Oliy ta’lim a’lochisi»

  • 2026-10-03
  • 41

«Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni sohiblari — bizning faxrimiz!

Batafsil

IT Queens: TerDU talaba-qizlari 3 ta yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi

  • 2026-10-03
  • 37

«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» innovatsion tanlovining hududiy bosqichida Termiz davlat universiteti talaba-qizlari munosib ishtirok etib, 3 ta yo‘nalishda 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Batafsil