ABITURIYENTLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!

Bunaqasi oldin bo'lmagan!

🔈 TerDU kampusida "Utara universiteti filiali" (Malayziya )
🖥 - Axborot texnologiyalari ta'lim yo'nalishi;
📄 - IELTS 5 ball yoki B1 daraja, xorijiy til sertifikati mavjud bo'lmasa, imtihon topshirasiz;
📚 - 7 semestr ta'lim, 1 semestr amaliyot;
🔠 - darslar to'liq ingliz tilida;
📖 - zamonaviy fanlar xilma-xilligi;
✈️ - istalgan 1-2 semestrni Malayziyada o'qish imkoniyati (ixtiyoriy);
🔔 - xorijiy professorlar ishtirokida mashg'ulotlar;
🧑🏻‍💻- Xorij kompaniyalarida amaliyot va ishlash imkoniyatlari;
🎓- Top 500 oliygoh diplomi (O'zbekiston hududida nostrifikatsiya talab etilmaydi);

🌎 Bu oliygoh diplomi bilan sizga dunyo bo'ylab o'qishni davom ettirish va ishlash uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi.

ℹ️ Malayziyaning Utara universiteti (UUM) mamlakatning shimolida Sintok shahrida joylashgan bo'lib, 1000 gektardan ortiq maydonni egallaydi. QS Osiyo universitetlari reytingida 65-o‘rin, THE reytingida 401-500 o‘rinni egallaydi. "Osiyoning Silikon vodiysi" deya nomlangan va yiliga milliardlab AQSh dollari aylanmasiga ega Penang orolidan uzoq bo'lmagan oliygoh dunyoning eng mashhur kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. IT sohasi vakillari uchun esa bu ajoyib imkoniyat.

📹 Youtube platformasida oliygoh tanishtiruv videosi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi!

  • 2026-09-12
  • 29

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdi

Batafsil

TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha sinovlar boshlandi

  • 2026-09-12
  • 33

Bugun Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun birinchi bosqich sinovlari o‘tkazilmoqda

Batafsil

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

  • 2026-09-12
  • 22

Termiz davlat universiteti “Qatag‘on qurbonlari: tarixiy haqiqat, milliy xotira va ma’naviy meros” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga mezbonlik qildi.

Batafsil