Tarix fakulteti

74

Tarix fakulteti dekani Tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD),

Abdulloyev Shuxratjon Boboismoilovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: +998902944455
Telegram: +998902944455
74

O`quv ishlari bo`yicha dekan muovuni

Qobilov Xayrulla Xo‘jayorovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: +99891587-05-80
Telegram: +99891587-05-80
74

Ilmiy ishlari bo`yicha dekan muovuni

Mamarajabov G‘ayrat Abdulxakimovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00
Telefon: +998912292229
Telegram: +998912292229

Tarix fakultetida 3 ta kafedra Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik, Falsafa kafedralari, hamda Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02 raqamli ilmiy kengash qoshida 07.00.01-“O‘zbekiston tarixi” va 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash (PhD) faoliyat olib bormoqda. Fakultetda 64 nafar professor-o‘qituvchi: Shulardan 2 nafar tarix fanlari doktori va 1 nafari falsafa fanlari doktori, 14 nafari fan nomzodi va 5 nafari (PhD), 9 ta katta o‘qituvchi, 24 ta o‘qituvchi. Fakultetda 1428 nafar talaba tahsil oladi.

FAKULTET TARIXI:

Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi. 1977-1982 yillarida fakultet dekani etib tajribali pedagog, dotsent B. Jabborov(marxum) faoliyat ko‘rsatdi. 1982-1992 o‘quv yillarida fakultet dekanligini t.f.n. dots. K.Avliyoqulov (marxum), 1993-1997 yillar prof. X.Turayev(marxum), 1997-2002 o‘quv yilida dots. X.Toshpulatov (marxum), 2002-2004 o‘quv yilida dots. A.Isayev (marxum), 2004-2009 o‘quv yilida t.f.d. Sh.Shaydullayev, 2009-2011 o‘quv yilida t.f.d. E.Qobilov, 2011-2012 o‘quv yilida dots. N.Mallayev, 2012-2019 yil mart f.f.n. R.Norliyev, 2019-2021 yil may oyicha tarix fanlari doktori E.Qabulovlar faoliyat ko`rsatishdi. Hozirda fakultet dekani tarix fanlari nomzodi, dotsent X.E.Xolmuminov lavozimida ishlab kelmoqda. Bu yillar mobaynida fakultet professor-o‘qituvchilari son va sifat jihatidan o‘sdi. M.Oltinov, 3.Mirzayev, Sh.Samadov, E.Bobomurodov, S.Tursunov, Sh. Shaydullayev, E.Qabulovlar fan doktori, J. Shoymurodov (marhum), X. Toshpo‘latov (marxum), B.Qodirov, A.Isayev (marxum), T.Annayev, J.Mirzayev, J.Tursunov, T.Pardayev. U.Mustafoyev, X.Bekmurodov, A.Tuxtayev, Z.Xoliqov, M.Fayzullayeva, X.Xolmuminov, U.Xudaykulov, R.Norliyev, B.Raximov, F.Yormatov, N. Tursunovlar fan nomzodi, S. Turopovalar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun o‘z dissertatsiyalarini himoya qilgan bo‘lsalar. 2020 yilda N.Ikromov, O.Isayev, O.Xamidovlar dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qilishdi. 2021 yil fakultetimizda ilmiy ishlar himoyalar soni samarali tarzda ortdi. Jumladan, X.Xidirov, M.Turapova, D.Yangiboyeva tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishini himoya qilgan bo‘lsa, T.Pardayev, N.Tursunovlar tarix fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini muvafaqqiyatli himoya qilishdi.

Fakultet talabasi Shodmonova Gulizor Farxod qizi 2020-2021 o‘quv yilida tarix fani bo‘yicha Respublika fan olimpiyadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

2020-2021 o‘quv yilida Tilovov Mirqosim Amonturdiyevich va Shodmonova Gulizor Farxod qizilar bakalavr ta’lim yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan tugalladi.

O‘QUV JARAYONI

Tarix fakultetida bugungi kunda 60220300-Tarix(mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha), 5120300–(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 5120400-Arxeologiya ta’lim yo‘nalishilar bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda
70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha), 70230401- “Arxeologiya”,
70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya magistratura mutaxassisliklarda kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida 1303 nafar bakalavr va 125 nafar magistratura talabalari tahsil oladi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

  • 2024-05-06
  • 14

“Surxon U19” va “TerDU” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsli oʻyinni rektor boshchiligidagi futbol ishqibozlari zavq bilan tomosha qilishdi. 

Batafsil

A.Toshqulov: 2024/2025-oʻquv yilidan fan oʻqituvchisini tanlash mexanizmi joriy etiladi

  • 2024-05-06
  • 14

Rektor rahbarligida xorijiy va respublikamizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini universitetda joriy etish hamda TerDUni har bir jabhada yuqori darajalarga olib chiqish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi. 

Batafsil

Fizika, kimyo va biologiya fanlari boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

  • 2024-05-05
  • 19

Tuman (shahar) bosqichidan oʻtgan 72 nafar bitiruvchi sinf oʻquvchilari mazkur yoʻnalishlarda oʻzaro bilim koʻnikmasi va mahoratini sinovdan oʻtkazishdi.

Batafsil