O‘zbek filologiyasi fakulteti

72

O`zbek filologiyasi fakulteti dekani:

PhD dotsent

Xudoyqulov Abdulla Eshkuvatovich

Qabul vaqti: Dushanba, seshanba, payshanba 15:00-17:00
Telefon: +998 90 247 03 87
Telegram: +998 90 247 03 87
72

Fakultet registrator ofis menejeri

Choriyev Shokir Mamadaminovich

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 10 00 – 16 00
Telefon: +998909290658
Telegram: +998909290658
72

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Filologiya fanlari falsafa doktori, PHD.

Begmatova Gulchehra Xolmurotovna

Qabul vaqti: Har kuni soat 10:00 – 16:00
Telefon: +99890-245-82-32
Telegram: +99890-245-82-32

O‘zbek filologiyasi fakultetida hozirda 1 ta bakalavriat va 3 ta magistratura ta’lim yo‘nalish mavjud:

Bakalavriat:

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

60230700-Amaliy filologiya yo‘nalishi

Magistratura:

70230101 – Lingvistika: o‘zbek tili

70230502 – Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti

70111401 – O‘zbek tili va adabiyoti

Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida 676 nafar talaba kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladi. Shundan 215 nafari davlat granti asosida, 461 nafari kontrakt asosida tahsil oladi. Shu jumladan, sirtqi ta’lim shaklida 904 nafar, 2-oliy ta’limda 172 nafar, jami 1752 nafar talaba tahsil olmoqda.

Jami 1752 nafar talabalarning 1452 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan (kunduzgi ta’lim shaklida 636 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 816 nafar), 300 nafari boshqa viloyatlardan (kunduzgi ta’lim shaklida 40 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 88 nafar) kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 32 nafari nogiron, 62 nafari yetim va chin yetim talabalar hisoblanadi.

Barcha magistratura yo‘nalishlarida jami 182 nafar magitrantlar tahsil oladi.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:

O‘zbek adabiyotshunosligi

O‘zbek tilshunosligi

O‘zbek tili va adabiyoti

O‘zbek filologiyasi fakulteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti 2015-yilda Filologiya fakultetidan (xorijiy filologiya, rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi) ajralib, alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 52 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 3 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va PhD hisoblanadi. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lsa, 16 nafari katta o‘qituvchi va 22 nafari o‘qituvchi sanaladi.

Fakultetda 10.00.01. – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura ham mavjud. 2021 yildagi OAK qarori bilan 10.00.01. – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.2021.Fil.78.04 raqamli Ilmiy Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, universitetning “Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, ta’lim” ilmiy-innovatsion jurnali fakultet negizida faoliyat yuritadi.

Fakultetda xalqaro hamkorlik ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Turkiyaning Hoji Bayram Vali universitetining professori Vali Savash Elok Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) mutaxassiligi bo‘yicha magistratura talabalariga dars berib kelmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

  • 2026-09-21
  • 97

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

  • 2026-09-21
  • 92

Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari”

Batafsil

TerDU ilmiy salohiyati izchil o‘smoqda

  • 2026-09-19
  • 80

Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich

Batafsil