🟢Xalqaro akademik kadrlarni jalb etish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida ta’lim va ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada oshirish masalalari universitet rektori huzurida muhokama qilindi.
🟢Xalqaro miqyosda e’lon qilingan vakansiyalar bo‘yicha hujjat topshirgan xorijiy nomzodlarning akademik salohiyati, ilmiy darajasi, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi faoliyati, h-indeksi, xalqaro tashkilotlardagi tajribasi, o‘qituvchilik mahorati hamda universitetimizning ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi ko‘rib chiqildi.
🟢Xususan, xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha TerDUda faoliyat yuritish istagini bildirgan Portugaliya, AQSH, Xitoy, Avstriya va boshqa davlatlardan xorijiy mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Nomzodlar orasida yetakchi oliygohlarda tahsil olgan, xalqaro akademik va amaliy tajribaga ega, BMT tizimi hamda boshqa xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan mutaxassislar mavjud.
🟢Uchrashuv davomida mazkur nomzodlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish, ularni universitetning ustuvor yo‘nalishlariga jalb etish hamda keyingi bosqichda suhbatlar tashkil etish masalalari yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi.
🟢TerDU — xalqaro akademik hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish sari yangi qadamlar bilan!