Iqtisodiyot va turizm fakulteti

70

Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani:

Abdug‘aniyev Otabek Allajonovich Iqtisod fanlari doktori, professor;

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: +99890 644-11-22
Telegram: +99890 644-11-22
70

Fakultet registrator ofis menejeri

Sultonov Xudoyshukur G‘ayratovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba, Shanba: 13:00 – 16:00
Telefon: +998931682525
Telegram: +998937980859
70

Fakultet registrator ofis menejeri

Norqulov Mirsaid To‘lqinovich

Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba, Shanba: 13:00 – 16:00
Telefon: +998945177776
Telegram: +998945177776

Iqtisodiyot va turizm fakultetida hozirda jami 7 ta ta’lim yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular:

5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi;

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi;

5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

5231600 - Inson resurslarini boshqarish;

60411400 - Inson resurslarini boshqarish;

5610200 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi;

61010100 - Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi;

5230600 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi;

60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo‘nalishi;

60310500 - Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

5610300 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi;

61010400 - Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlar (bakalavr, magistr – kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari)da jami 3377 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 256 nafari davlat granti asosida, 3121 nafari kontrakt asosida tahsil oladi.

Jami talabaning 80% o‘zbek millatiga, 14% tojik, 3% nafari Turkman, 3% qolgan millatlarga mansub. Fakultet asosiy kontingenti Surxondaryo viloyatining turli tuman va shaharlaridan kelgan talabalar tashkil etadi. Respublikamizning boshqa viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talabalar bilan bir qatorda qo‘shni Respublikalardan, jumladan Avfg‘oniston islom davlati, Tojikiston va Turkiya Respublikalaridan kelgan talabalar ham mavjud. Jami talabalardan 17 nafari nogironligi bor fuqarolar, 15 nafari chin yetim, 14 nafari ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar, ijtimoiy himoya reestrida kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan talabalar hisoblanadi.

Fakultetda 5 ta kafedra mavjud ular:

Iqtisodiyot;

Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

Buxgalteriya hisobi va audit;

Raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruvi va ekonometrika;

Turizm va mehmonxona xo’jaligi.

Fakultet professor-o‘qituvchilarining jami soni 62 nafar bo‘lib, shundan 4 nafari fan doktori, DSc, 13 nafari fan nomzodlari, PhD hisoblanadi.

Iqtisodiyot va turizm fakulteti

1992-yil O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan Respublikamizdagi barcha Pedagogika institutlari universitetga aylanishi munosabati bilan Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi ochildi. 1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.

1993-1994 o‘quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakultet talabalar soni ko‘paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil 8 iyuldagi Termiz davlat universitetining Ilmiy Kengash qarori hamda universitet rektori buyrug‘i bilan ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil 5 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari A.Parpiyevning ko‘rsatmasi va 2007 yil 30 noyabrdagi Universitet Ilmiy Kengash qarori hamda 2007 yil 28 dekabrdagi universitet rektor buyrug‘iga muvofiq Iqtisodiyot-moliya fakultetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o‘zgartirildi. 2010 yil avgust oyidagi universitet Ilmiy Kengash qaroriga asosan Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo‘lib o‘zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.

Ushbu davrlarda fakultetga: professor U.U.Umarov, professor A.A.Ro‘ziyev, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.J.Jo’rayev, dotsent A.M.Qoraxonov, dotsent A.S.Oltiyev, dotsent O.X.Xatamov, dotsent A.O.Ro‘ziyev, dotsent M.A.Gadayshayev, dotsent F.X.Bahromov, i.f.n A.A.Avliyaqulov, dotsent E.X.Avazov, dotsent B.B.Imanov, i.f.n. A.E.Absamatov, dotsent M.A.Gadayshayev, Z.O.Samatov, i.f.n. A.E.Absamatovlar rahbarlik qildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

  • 2026-09-21
  • 97

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

  • 2026-09-21
  • 92

Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari”

Batafsil

TerDU ilmiy salohiyati izchil o‘smoqda

  • 2026-09-19
  • 80

Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich

Batafsil