Aziz talabalar! Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda faol va irodali yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Talaba – yugur 2026” ommaviy yugurish musobaqasining kuzgi mavsumi o‘tkaziladi.
📍Manzil: Termiz shahri
📅Sana: 22-sentabr, 2026-yil
⏰Boshlanish vaqti: 08:00
Masofa: 3 kilometr
Musobaqada faol ishtirok etib, o‘zingizni sinang, yangi marralarni zabt eting va Termiz davlat universiteti sharafini munosib himoya qiling!
Ishtirok eting — sog‘lom bo‘ling, faol bo‘ling, g‘alaba sari intiling!
🔗Ro‘yxatdan o‘tish: Perfend.com platformasi orqali
📹 Videoyo‘riqnoma: https://youtube.com/shorts/xPPja9nyz2o?feature=share
📣Aziz talabalar, barchangizni “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!