CV Studio — ma’lumotnoma va rezyume tayyorlash uchun qulay xizmat

Termiz davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan foydalanuvchilar uchun CV Studio xizmati tashkil etildi.

✅Mazkur platforma orqali ma’lumotnoma va rezyumelarni tez, qulay va bepul tayyorlash mumkin.
📝 Ma’lumotnomani Word yoki PDF formatida yuklab olish
📄 Rezyumeni
PDF formatida tayyorlash
⬇️ Fayllarni cheklovsiz va hech qanday qo‘shimcha belgilarsiz yuklab olish
🟢 Kiritilgan ma’lumotlar va rasmlar brauzerning o‘zida qayta ishlanadi — serverga yuborilmaydi
🛡 Xizmatdan foydalanishda cookie va shaxsni aniqlovchi ma’lumotlar yig‘ilmaydi

Shuningdek, foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar brauzerda saqlanadi. Shu sababli brauzer ma’lumotlari o‘chirilganda yoki boshqa brauzerdan foydalanilganda avvalgi ma’lumotlar saqlanmasligi mumkin.

🔗 Havola: https://cv.fastai.uz/

🟢Hujjatni topshirishdan oldin undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda qabul qiluvchi tashkilot talablarini tekshirish tavsiya etiladi.

CV Studio — hujjatlarni tayyorlashda sodda, xavfsiz va bepul yechim.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

  • 2026-09-21
  • 39

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

  • 2026-09-21
  • 45

Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari”

Batafsil

TerDU ilmiy salohiyati izchil o‘smoqda

  • 2026-09-19
  • 37

Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich

Batafsil