BAHOLASH MEZONI

TDYU HUZURIDAGI YURIDIK LITSEY BITIRUVCHILARINI O‘QISHGA QABUL QILISHDA SUHBAT O`TKAZISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI

Yakka tartibdagi suhbat har yili 10-25-iyul kunlari oralig'ida suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Yakka tartibdagi suhbat Termiz davlat universitetidagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning o‘zi tomonidan belgilanib, uning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizasida ko‘rsatiladi.

Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.

Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.

Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

Bunda:

T/r

Yakka suhbat mezonlari

Maksimal ball

1.

Akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi

25 ball

2.

Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi)

25 ball

3.

Nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi

25 ball

4.

Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati

25 ball

JAMI

100 ball

Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);

yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.

Termiz davlat universiteti bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 41

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 48

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 42

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil