Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.
🟢Universitetning yettinchi talabalar turar joyida tashkil etilgan festivalda 1-bosqich talabalari ishtirok etib, milliy taomimiz — osh tayyorlash mahoratini namoyish etdilar.
🟢Osh — dasturxondagi taom emas, millatning mehr-oqibati, hamjihatligi va qadriyatlarini birlashtiruvchi timsol! Ko‘tarinki ruhda o‘tgan festival yoshlarni milliy merosga hurmat, do‘stlik va hamjihatlik ruhida birlashtirdi.