Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.
🟢Tadbirda Eron Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vazirligi Hunarmandchilik ta’limi departamenti rahbari Rizo Habibpur hamda Gorgan universiteti professori Hoda Husseini ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini o‘rgatdilar.
🟢Uchrashuvda an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy bo‘yash va qo‘l hunarmandchiligi haqida ma’lumot berildi. Paxtadan tola olish, uni anor, uzum bargi, yong‘oq po‘stlog‘i, za’faron va piyoz po‘stlog‘i kabi tabiiy bo‘yoqlar bilan bo‘yash, undan mato tayyorlash va zamonaviy hamda milliy uslubdagi liboslar yaratish jarayonlari tushuntirildi.
🟢Mazkur tadbir talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda xalqaro tajriba almashishida muhim ahamiyat kasb etdi.