📅24-sentabr, 2026-yil
⏰️10:00
💻Onlayn, Zoom platformasi
Surxondaryo viloyati hokimining Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq onlayn muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Koreya Respublikasidan Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Koreyadagi o‘zbek diasporasi vakillari hamda vohadosh yoshlar ishtirok etadi.
Muloqotdan maqsad — xorijda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning salohiyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or g‘oya va takliflarni Surxondaryo taraqqiyoti yo‘lida birlashtirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish.
📷Ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/6ogcJNhSxGeNNpd48
Siz ham muloqotda faol ishtirok eting! O‘z fikr, savol va takliflaringiz bilan ushbu ochiq muloqotga o‘z hissangizni qo‘shing!