Termiz davlat universitetida talabalarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🟢Unda universitetning bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘zlarining istiqbolli ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
Tanlov doirasida yangi mahsulot yoki xizmat turlarini yaratish, mavjud muammolarga noan’anaviy yechim topish hamda startap loyihalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
🟢Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning loyihalari yangiligi, amaliyotga tatbiq etish imkoniyati hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati kabi mezonlar asosida baholandi. Mazkur tanlov yoshlarning kreativ fikrlash doirasini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini rag‘batlantirish hamda ilg‘or g‘oyalarni real loyihalarga aylantirishga xizmat qiladi.