ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

🟢Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi, tarjimon va olim Mirzo Kenjabek tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🟢Tadbirda Mirzo Kenjabekning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodiy faoliyati va boy adabiy merosi haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar shoirning hayoti va ijod yo‘li, asarlarining mazmun-mohiyati hamda milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🟢Tadbir davomida Mirzo Kenjabek qalamiga mansub she’rlar ishtirokchilar tomonidan ifodali òqildi, shoir ijodining hikmatliligi va mazmundorligi namoyon etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Mirzo Kenjabek asarlari asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 19

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil