Magistrlar bilan muhim uchrashuv

Termiz davlat universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor O‘. Axmedov hamda Magistratura bo‘limi boshlig‘i K. Yadgarov tomonidan 1–2-bosqich magistratura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 500-son qarori hamda magistratura to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, “Yashirin ekspert guruhi”, HEMIS monitoringi, Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy nashrlar, magistrlik dissertatsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda magistrlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida talabalarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 19

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil