STIPENDIUM HUNGARICUM — 2026

TerDU talabalari DIQQATIGA!

🔸Agar siz Yevropada bepul o‘qishni, xalqaro diplom olishni va bularning barchasini to‘liq bepul amalga oshirishni istasangiz - Stipendium Hungaricum dasturi aynan siz uchun!

🟢 Kimlar topshirishi mumkin?

🔹Bakalavriat, magistratura yoki PhD bosqichida o‘qishni istagan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
🔸Chet elda o‘qishga jiddiy maqsadi bor yoshlar;

 Tajriba shart emas — eng muhimi istak va motivatsiya!

ℹ️ Stipendium Hungaricum sizga nima beradi?
✔️ 100% bepul o‘qish (kontrakt to'lovi yo‘q!)
✔️ Har oy stipendiya (yashash xarajatlari uchun)
✔️ Yotoqxona yoki ijara uchun yordam puli
✔️ Tibbiy sug‘urta
✔️ Yevropa diplomi va xalqaro tajriba

Bu nafaqat o‘qish, balki kelajagingizga sarmoya!

❕ Qaysi yo‘nalishlarda o‘qish mumkin?
💻 Muhandislik va IT yo'nalishlari;
📈 Iqtisodiyot va biznes yo'nalishlari;
⚖️ Ijtimoiy va gumanitar fanlar yo'nalishlari;
📖 Pedagogik yo'nalishlar;
🔬 Tabiiy fanlar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar.

🗓️  Yo‘nalishlar ro‘yxati har yili yangilanadi, ammo deyarli barcha sohalar qamrab olingan!

📋 Asosiy talablar qanday?
🔹 Bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo'lish, yoki talabasi bo'lish
🔹 Motivatsion xat (nega aynan sizni tanlashlarini yoritishingiz lozim)
🔹 Akademik hujjatlar (eng oxirgi olingan diplom, ilova va tavsiya xati)
🔹 Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati (IELTS)

🔹 IELTS sertifikati bo‘lmasa ham topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar mavjud.
🔔 Muhim!
🗓️ Ariza topshirish muddati: 15 yanvargacha
🔹 Arizalar faqat onlayn qabul qilinadi

✔️ Rasmiy sayt: stipendiumhungaricum.hu 

👨‍💻 Murojaat uchun: Sardor Rahmonov (@cloudbeep)
Xalqaro aloqalar bo'limi bosh mutaxassisi, Erasmus+, Stipendium Hungaricum g'olibi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil