Yevropa universitetlarida BEPUL ta’lim olishni istaysizmi?

🎓 ERASMUS+ dasturi aynan siz uchun!

Xorijiy oliygohlarda ta’lim olish, tajriba orttirish va Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyatini beruvchi Erasmus+ xalqaro akademik mobillik dasturi bo‘yicha maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.

⚡️Seminar barcha bakalavriat talabalari uchun.

❓Erasmus+ nima?

Bu — Yevropa Ittifoqining nufuzli ta’lim dasturi bo‘lib, u orqali talabalar:
Yevropa oliy ta’lim muassasalarida
➡️1 semestr yoki 1 yil bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Erasmus+ ICM (International Credit Mobility) doirasida siz nimalarga ega bo‘lasiz?

🤔Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi
💵Oylik stipendiya ajratiladi
✈️ Safar va yashash xarajatlari uchun moliyaviy yordam
🎓 O‘qilgan fan kreditlari tan olinadi

✔️Seminar-treningda quyidagi muhim savollarga javob olasiz:
Erasmus+ va ICM dasturlari nima?
 Qanday hujjatlar talab etiladi?
 Tanlov jarayoni qanday bo‘ladi?
Amaliy tavsiyalar

📍 Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti 105-xona (https://maps.app.goo.gl/M6HuPYsP42cb77gt9) 
⏰ Vaqti: 18 dekabr, 11:00
📞Murojaat uchun: @cloudbeep

⏳Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📢 Do‘stlaringizga ham ulashing — Erasmus+ hayotingizni o‘zgartirishi mumkin!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil