Aziz talabalar, qadrli ota-onalar va muhtaram ustozlar!

➡️ Bugun insoniyat oldida turgan eng xavfli global tahdidlardan biri – bu giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlardir. U nafaqat jamiyatni yemiruvchi illat, balki oila taqdiri, yoshlar kelajagi va millat ma’naviyatiga tahdid soluvchi xatardir. Biz uchun eng asosiy vazifa – har bir insonni ogohlikka chorlash, sog‘lom, ma’rifatli va fidoyi avlodni tarbiyalashdir. 

➡️ Hurmatli ota-onalar! 
Siz farzandlaringiz hayotidagi eng ishonchli tayanch va tarbiyachisiz. Bolalaringizning kayfiyati, do‘stlari, qiziqishlari va kundalik odatlariga befarq bo‘lmang. Ularni eshiting, ular bilan ochiq muloqot qiling, ishonch muhitini yarating. Giyohvandlik haqidagi haqiqiy va to‘g‘ri ma’lumotni farzandlar aynan sizdan olsa – ularni noto‘g‘ri qadamdan, xatarli to‘rlardan asraydi. 
Yoshlar taqdiri, avvalo, ota-onalarning diqqati va mas’uliyatiga bog‘liq. 

➡️ Aziz yoshlar! 
Sizlar – bizning orzu-qudratimiz, yurtning ertasi, O‘zbekiston kelajagining egalari. Shuni unutmang: giyohvand moddalar nafaqat sog‘liqni, balki tafakkurni, orzularni, qobiliyatni va kelajakni ham barbod qiladi. Sog‘lom hayot, bilim, sport, ijod va ma’naviyat – siz uchun eng katta kuch manbaidir. Ishonch bilan olg‘a intiling, yuksak maqsadlar qo‘ying, shubhali takliflar va xatarli yo‘llarga hech qachon yo‘l qo‘ymang. Sizning qudratingiz – to‘g‘ri tanlovda. 

➡️ Qadrli ustozlar! 
Giyohvandlikka qarshi kurash – bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining vazifasi emas. Bu barchamizning umumiy burchimiz, umumiy mas’uliyatimiz. Farzandlarimiz sog‘lom ulg‘ayishi, jamiyatimiz ma’nan pok bo‘lishi va yurtimizda osuda hayot davom etishi uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz shart. Hayotiy tajribangiz bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsating, ularga sog‘lom hayotning haqiqiy qadrini tushuntiring. Birgalikda harakat qilsak, giyohvandlikka qarshi kuchli jamoatchilik immunitetini yarata olamiz. 

Zero, sog‘lom avlod – yurt taraqqiyotining eng katta kafolatidir!

Abduqodir Toshqulov,
Termiz davlat universiteti rektori

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Talabalar ovozi – rivojlanishning eng muhim mezoni

  • 2026-06-24
  • 20

Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi davom etmoqda!

  • 2026-06-24
  • 24

Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 10 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining o'nlab boʻsh ish oʻrinlari va

Batafsil

Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi

  • 2026-06-24
  • 44

Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi.

Batafsil