TerDUda “O‘ZBEK POLVONI” Respublika turniriga saralash bahslari!

Davlatimiz rahbarining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida mamlakatimiz miqyosida davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha “O‘zbek polvoni” Respublika turniri tashkil etilmoqda.

E’tiborlisi, ushbu nufuzli bellashuvda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoa ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi!

📅 Ertaga, TerDU kurash majmuasida saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi.

🟢Qadrli ustozlar, sizlarni alplar maydonidagi kurash bayramida faol ishtirok etishga, har jabhadagi ibratingizni sport maydonida ham namoyon etishga chorlaymiz!

➡️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun Sport faoliyati fakulteti va Sport klubi a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil