DIQQAT, MUHIM E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son Farmoyishi asosida, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at hamda hunarmandchilik yo‘nalishlarida tahsil olishlari maqsadida 30 ta davlat granti ajratildi.

Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti va tanlov o‘tkazish tartibi Davlat komissiyasi majlisining bayoni bilan tasdiqlangan.

Ariza topshirish muddati:
2025-yil 10-oktabr kuniga qadar

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan vatandoshlar quyidagi havola orqali nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan batafsil tanishishlari mumkin:
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil