Hurmatli talabalar!
Universitet talabalarining jamoadagi ijtimoiy munosabatlardan qoniqish darajasi va ta’limga bo‘lgan munosabatini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Sizning fikringiz — ta’lim sifatini va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
https://forms.gle/y39tdNAxTBdoPSTz7
So‘rovnoma anonim tashkil etilib, uning natijalari muhokama etiladi, ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘riladi.