DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universitetiga 2025/2026-o‘quv yili bo'yicha o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan  alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga!

 Termiz davlat universitetining quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan   (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning 
24-iyul kuni soat 08:00 da universitet qabul komissiyasi binosi
(Axborot texnologiyalari fakulteti o‘quv binosi) da bo'lib o'tadi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:
Psixologiya;
Tarix;
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport;
Fizika;
Kutubxona-axborot faoliyati;
Sport faoliyati: dzyudo;
Sport faoliyati: yengil atletika;
Sport faoliyati: futbol;
Yurisprudensiya;
Axborot tizimlari va texnologiyalari;
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili;
Jurnalistika;
Moliya va moliyaviy texnologiyalar.

Barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha imtihonlar suhbat shaklida o'tkaziladi (sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Jurnalistika yo'nalishlari bo'yicha esa imtihon kasbiy (ijodiy) imtihon va suhbat shaklida o'tkaziladi). Abituriyentlar ta'lim yo'nalishlari bo'yicha asosiy 
(2 ta) va majburiy (3 ta) fan bo‘yicha (suhbat asosida) imtihon topshiradilar.

Eslatma: Imtihon (suhbat) jarayonida ishtirok etuvchi har bir abituriyentdan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.

Bog'lanish uchun telefon:  +998975518151

Fan dasturlari ushbu havolada: https://tersu.uz/struct/view/1000419

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 27

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 27

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 27

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil