DIQQAT, DIQQAT!

TDYU huzuridagi akademik litseydan yo‘llanma olgan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilishda suhbat o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari va savollar ro‘yxati.

Yakka tartibdagi suhbat har yili 10 – 25-iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Shuningdek, yakka tartibdagi suhbat o‘tkazilgunga qadar abituriyentlar uchun qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida maslahatlar tashkil etiladi.

Yakka tartibdagi suhbat TerDUdagi ta’lim tillarida o‘tkaziladi. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan o‘tishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.

Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lug‘at, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qat’iyan taqiqlanadi.

Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 30 daqiqagacha davom etishi mumkin.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qo‘yish yo‘li bilan baholanadi.

Bunda:

T/r

Yakka suhbat mezonlari

Maksimal ball

 

1.

Akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi

25

Savollar ro‘yxatini yuklab olish

2.

Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi)

25

Savollar ro‘yxatini yuklab olish

3.

Nutq madaniyatining shakllanganligi, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi

25

Savollar ro‘yxatini yuklab olish

4.

Umumiy dunyoqarashning shakllanganligi, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati

25

Savollar ro‘yxatini yuklab olish

Yakka tartibdagi suhbat natijalari suhbat jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kuni ichida oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi. Abituriyentlar o‘qishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

jadval bo‘yicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi);

yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball to‘planganda.

Abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 117

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 118

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 118

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil