DIQQAT E'LON

Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “13”-may 174-sonli buyrug‘ida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida joriy yilning 20-may sanasidan 24-may sanasiga qadar Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichlari o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Mazkur Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichlaridan I, II va III o‘rinlarni egallagan ya’ni 3 nafargacha g‘olib bo‘lgan talabalar Respublika fan olimpiadasiga ishtirok etish uchun saralab olinadi

G‘olib talabalar yuqorida nomalri qayd etilgan Respublika fan olimpiadasiga ishtirok etishlari uchun Termiz davlat universiteti tomonidan yuboriladi. Respublika fan olimpiadasining Respublika bosqichidan I, II va III o‘rinlarni egallagan talabalarni oliy ta‘lim tashkilotlarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura mutaxassisligiga o‘qishga imtiyozini qo‘lga kiritib , vazirlikning tegishli diplomlari bilan taqdirlanadi.

Termiz davlat universitetida tashkil etilayotgan Respublika fan olimpiadasining saralash bosqichiga ishtirok etish niyatida bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fakulteti dekanlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil havolada: https://teletype.in/@jaxongir_terdu/uFOMq77oyvi

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 118

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 120

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 118

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil