Qadrli Ustozlar, aziz hamkasblar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi eng muhim sanalardan hisoblangan 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman! 

Bugungi globallashuv va axborot asrida zamonaviy bilimlarni va xorijiy tillarni puxta egallayotgan, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qoʻyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi boʻlgan ming-minglab yoshlarimizning kamolida Siz aziz professor-oʻqituvchilar, olimlarning beqiyos hissangiz bor.  

Buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy  aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham Ustozning olijanob mehnati haqini ado etib boʻlmaydi.

Mamlakatimizda oʻqituvchi va murabbiylik kasbini ulugʻlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, mehnat faoliyatlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish borasida misli koʻrilmagan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida Siz muhtaram Ustozlarning jamiyat hayotida alohida oʻringa ega ekanligingizning e’tirofi mavjud.

Siz Ustozlarning oʻz vazifangizga sidqidildan va vijdonan yondashib, fidoyilik bilan mehnat qilayotganligingiz natijasida bugun universitetimiz har sohada yuksak yutuqlarga erishib kelmoqda.  

Sizning yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yoʻlidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yoʻlidagi mehnatlaringizni doimo qadrlaymiz,  boshimiz yerga tekkuncha ta’zimdamiz!

Muhtaram ustozlar! 
Barchangizni yana bir bor 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami bilan qutlab, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, ilmiy va pedagoglik faoliyatlaringda ulkan muvaffaqiyatlar  tilayman!

Hurmat bilan, Avazjon MARAXIMOV,
Termiz davlat universiteti rektori, professor

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 115

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 116

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 117

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil