DIQQAT, EʼLON!

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI QUYIDAGI VAKANT (BO‘SH) ISH O‘RINLARI UCHUN KAFEDRA MUDIRI, PROFESSOR, DOTSENT, KATTA O‘QITUVCHI, O‘QITUVCHI VA O‘QITUVCHI-STAJYOR LAVOZIMLARIGA TANLOV E’LON QILADI:

Kafedra mudiri:

Organik kimyo;

Davlat va huquq asoslari;

Rus tilshunosligi.

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin.

Kafedralarning vakant professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga:

Matematik analiz: katta o‘qituvchi (1 nafar).

Algebra va geometriya: katta o‘qituvchi (1 nafar).

Noorganik kimyo: professor (1 nafar), katta o‘qituvchi (1 nafar).

Analitik kimyo: professor (1 nafar).

Fizikaviy kimyo: katta o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi (1 nafar).

Organik kimyo: o‘qituvchi (1 nafar).

Kompyuter va dasturiy injiniring: o‘qituvchi (1 nafar).

Moliya: o‘qituvchi (1 nafar).

Davlat va huquq asoslari: o‘qituvchi (1 nafar).

Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi: o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi-stajyor (1 nafar).

Falsafa: o‘qituvchi (1 nafar).

O‘zbek va rus tillarini o‘qitish metodikasi: katta o‘qituvchi (1 nafar).

Jahon tarixi: katta o‘qituvchi (1 nafar).

Pedagogika va ijtimoiy ish: dotsent (1 nafar).

Psixologiya: o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi-stajyor (1 nafar).

Ingliz tili va adabiyoti: katta o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi-stajyor (1 nafar).

Ingliz tili o‘qitish metodikasi: katta o‘qituvchi (1 nafar).

Roman-german tillari: o‘qituvchi (1 nafar).

Fakultetlararo chet tillar: katta o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi (1 nafar).

Rus tilshunosligi: o‘qituvchi (1 nafar).

Tojik filologiyasi va sharq tillari: katta o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi (1 nafar).

O‘zbek tilshunosligi: katta o‘qituvchi (1 nafar).

O‘zbek adabiyotshunosligi: dotsent (1 nafar).

O‘zbek tili va adabiyoti: o‘qituvchi (1 nafar), o‘qituvchi-stajyor (1 nafar).

Sport boshqaruvi: o‘qituvchi (1 nafar).

Musiqa ta’limi: o‘qituvchi (1 nafar).

Badiiy grafika va dizayn: o‘qituvchi (1 nafar).

Texnologik ta’lim: dotsent (1 nafar), katta o‘qituvchi (1 nafar).

Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik: o‘qituvchi (1 nafar).

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaга ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda boshqa darajaga va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlarini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi shart:

  1. Rektor nomiga ariza;
  2. Pasport nusxasi;
  3. Ma’lumotnoma (obyektivka);
  4. So‘rovnoma;
  5. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi;
  6. Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari;
  7. Ilmiy ishlar ro‘yxati;
  8. Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar.

IZOH: hujjatlar gazetaga e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti, universitet Kengashi kotibi. Tel: 76-223-16-09.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 119

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 120

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 118

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil