Eslatma

Kasbiy ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun oxirgi kun!

Prezident qaroriga asosan Migratsiya agentligi tomonidan kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining reytingi tuziladi.

Reytingda eng ko‘p ball olgan 50 ta o‘qituvchiga 50 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz va ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilaringiz haqida ma’lumotni kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://my.gov.uz/oz/service/1194

Ma’lumot uchun, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soniga qarab chet tili o‘qituvchilari reytingi tuziladi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32)

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 119

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 120

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 119

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil