DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari, universitetga biriktirilgan texnikum, akademik litsey jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etiladi!

Musobaqaning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sportni ommalashtirishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda universitet jamoasini sportga yanada jalb etish.

Musobaqa sanasi: 20-22-fevral kunlari.

Joylashuv: Erkaklar uchun ochiq havodagi sport maydoni, ayollar uchun sport zali.

Ishtirokchilar: Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari (har bir fakultetdan erkaklar va ayollardan iborat bittadan alohida jamoa, rektorat, ATM, xo‘jalik xodimlari, universitetga biriktirilgan texnikum, akademik litseydan iborat jamoalar o‘rtasida).

Sovrinlar:

Universitet jamoalari uchun:

1-o‘rin – 12 mln. so‘m;

2-o‘rin – 10 mln. so‘m;

3-o‘rin – 8 mln. so‘m.

Texnikum va litsey jamoalari uchun:

1-o‘rin – 10 mln. so‘m;

2-o‘rin – 8 mln. so‘m;

3-o‘rin – 6 mln. so‘m.

Eslatma: Universitetga biriktirilgan 12 ta texnikum, akademik litsey jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar 20 fevral kuni, universitet professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari o‘rtasida esa 21-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

Erkaklar uchun mas’ul: +99899 331 10 33 (Haqqulov Akbar)

Ayollar uchun mas’ul: +99897 530 20 68 (Daniyeva Yarqin)

Barcha sportga qiziquvchi professor-o‘qituvchilar va xodimlarni musobaqada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 29

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 30

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil