2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

Manba

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 121

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 122

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 121

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil