TerDU magistratura anons

2021/2022 oʻquv yilida davlat OTM magistraturasiga oʻqishga kirish uchun magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar DIQQATIGA! 

Roʻyxatdan oʻtgan hujjatlarni koʻrib chiqish davomida, kamchiliklar aniqlanib arizalari rad qilingan abituriyentlarga, kamchiliklarni toʻgʻirlashga imkoniyat berilmoqda hamda bu haqida ularning telefon raqamlariga SMS xabarnoma shaklida maʼlumotlar yuborilmoqda.

Imtihonlar oʻtkazish muddati yaqinlashganligini inobatga olgan holda, koʻp sonli abituriyentlar hamda oliy taʼlim muassasalarining murojaatlari asosida hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, kamchiliklarini tahrirlab joʻnatishning yakuniy muddati etib joriy yilning 10-avgust kuni soat 24:00 etib belgilandi.

‼️ Ushbu muddatga qadar hujjatlari rad etilgan abituriyentlar, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini tahrirlab joʻnatishlari lozim.

Hujjatlari tekshirilib, arizasi qabul qilingan abituriyentlarning hujjatlarini qayta tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil