“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi? 

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz. 

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
*energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
*atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
*ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
*foydalanishga tayyorligi;
*eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi. 

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
*16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
*O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
*aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
*tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi. 

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

https://t.me/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

На русском
In English

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida apellatsiya murojaatlari ko‘rib chiqildi

  • 2026-08-03
  • 121

2026-yil 3-avgust kuni ko‘zi ojiz abituriyentlar tomonidan kirish imtihonlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Batafsil

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi!

  • 2026-08-03
  • 122

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “Ijtimoiy taraqqiyot uchun”

Batafsil

TerDU olimining navbatdagi ilmiy yutug‘i!

  • 2026-07-31
  • 121

Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi mudiri, professor Kasimov Sherzod Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilingan O‘zbekiston – Belarus fundamental ilmiy loyihalar tanlovining 104-turi g‘olibi bo‘ldi.

Batafsil