Termiz davlat universitetida xorijiy talabalar uchun magistraturaga qabul jarayonlari boshlandi!

Hujjatlar 20-avgustgacha online va offline tarzida qabul qilinadi.

Buning uchun xorijiy fuqarolar o’zbek, rus, ingliz, fors  tillardan birini bilishlari zarur (sertifikat talab etilmaydi)

Imtihonlar hujjat topshiruvchining shaxsan o’zining ishtiroki yoki Zoom ilovasi orqali suhbat tarzida bo’lib o’tadi;

Qabul natijalari haqida talabaning elektron pochtasi orqali hamda universitet veb-sayti va telegram kanalida e’lon qilinadi.

Talabalikka qabul qilinganlar Termiz davlat universiteti talabalar turar joyi bilan ta'minlanadi. Shuningdek, universitet o’quv resurslari (kutubxona, laboratoriyalar va h.k) dan foydalanishlari mumkin.

2023/2024-o’quv yili uchun xorijiy fuqarolardan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

Ariza (pdf, jpg);
Pasport nusxasi (pdf, jpg);
Diplom va baholar ilovasi (pdf, jpg);
4x6 6 dona rasm (pdf);
Sog’ligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa (pdf, jpg).

Ushbu ilova orqali onlayn hujjat yuborishingiz mumkin
https://forms.gle/jxuHaua9EGrjvyHh6

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlarga bog’lanishingiz mumkin:
+998 90 747 24 47
+998 93 076 22 25

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 29

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil