TALABALAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!

Termiz davlat universitetida ITEP (International Test of English Proficiency) rasmiy tarzda ochildi. Shu munosabat bilan ITEP kurslari tashkil etildi. Ushbu kursda Universitet talabalari va o'qituvchilari bepul  qatnashish va MOK testlarni ishlash imkoniyatiga ega. 

ITEP xalqaro sertifikati Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-mart sanasidagi 65-son qaroriga kiritilgan bo'lib, magistratura va doktorantura mutaxassisliklarida o'qish uchun amal qiladi.

Kursda qatnashish niyatida bo'lgan talaba o’ziga qulay bo'lgan vaqtni tanlab kurs o'tuvchi instruktorga Telegram yoki SMS orqali ism-sharifi, telefon raqami hamda kasbini yozib qoldirishi mumkin. 

Toq kunlari 13:00 da — kurs o'tuvchi instruktor Nafisa Azizova (+998937975755)
Juft kunlari 11:00 da — kurs o'tuvchi instruktor Mansur Javliyev (+998915774800)

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 29

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 30

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil