Web of science

Endi Termiz davlat universiteti ilmiy izlanuvchilar xalqaro «Web of Science» bazasidan 3 yil bepul foydalanishlari mumkin.

"Web of Science" eng sara ilmiy tadqiqotlar, iqtiboslar, maqolalar, dunyoning qariyb 22 ming eng yaxshi ilmiy nashr va jurnallarini o‘zida jamlagan unikal ilmiy xazina, g‘oyat katta ma’lumotlar bazasidir.

Keyingi yillarda ko‘plab o‘zbek olimlarining ilmiy izlanishlari ham mazkur ma’lumotlar bazasidan o‘rin olmoqda. Bu esa yurtimizda ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor, olimlarning o‘z ishlarini xalqaro miqyosda chop etishga oid faolligi tobora ortayotganidan darak beradi. Ushbu ma’lumotlar bazasiga milliy obunaning yo‘lga qo‘yilgani imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.

"Web of Science" bazasi bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha @Web_of_Science_Uz telegram guruhidan javoblar olishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 29

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 30

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil