"Talabalar oyligi"da talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Talabalar oyligi" doirasida 27-fevraldan 16-mart kuniga qadar "REKTOR KUBOGI" musobaqalari va tanlovlariga start berildi.

Unda "REKTOR KUBOGI" doirasida quyidagi sport turlaridan musobaqalar; 

FUTBOL
VOLEYBOL
SHAXMAT-SHASHKA
ETNO SPORT O'YINLARI
Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar uchun shaxmat-shashka musobaqasi 

"REKTOR KUBOGI" doirasidagi o‘tkaziladigan tanlovlardan esa:

"ZAKOVAT" 
"ZUKKO KITOBXON"
"TALANTLAR SHOUSI"
"ENG YAXSHI INSHO"
"ENG YAXSHI RASM"
"SHE'RXONLIK "
"VILOYATDAGI TARIXIY QADAMJOLAR" mavzusidagi "Eng yaxshi videorolik" tanlovlari.

Bundan tashqari, TTJlar o'rtasida "BALLI QIZLAR" va "TerDU MALIKASI" ko'rik tanlovlari  ham bo'lib o'tadi.

"REKTOR KUBOGI" doirasida tashkil etilgan musobaqa va tanlovlarda gʻolib bo'lgan ishtirokchilar diplom va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Jamoaviy bahslarda:

1-oʻrin uchun 2 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 1 500.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm.

Yakka tartibdagi bahslarda; 

1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.

Bo'lib o'tadigan sport musobaqalari va tanlovlar haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin. 

Aytgancha tanlov yakuni 16-mart kuni TerDU NAVRO'Z SAYLI da bo'lib o'tadi va g'olib bo'lgan ishtirokchilar kechaning asosiy qismida taqdirlanadi.

Aziz talabalar shoshiling! Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

Bizni kuzatishda davom eting!  

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 29

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 31

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 30

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil