RASMAN

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaxassislik bo‘yicha imkoniyatlarini aniqlash, bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy ko‘nikmalarini, ijodiy hamda jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.

Joriy yilning 27 iyul sanasida Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etuvchi oliygohning professor-o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Ijodiy imtihonlarning shaffof va adolatli o‘tishi oliy ta’lim tizimi uchun muhimdir. Imtihon jarayonlarida abituriyentlar holis va adolatli baholanib, haqiqiy iste’dodli, bilimli yoshlarimizni talabalar safidan joy olishlari lozim”, deya ta’kidladi TerDU rektori A.Maraximov.

Shundan so‘ng o‘qituvchilarning xavfsizligi, imtihon jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, tayyorgarlik ishlari to‘g‘risida fikrlar almashilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtixonlarda ishtirok etuvchi o‘qituvchilar universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil