Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

➖ bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;

➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.

📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil