DIQQAT, EʼLON!

Akademik qarzdorligi (yoki fanlar farqi) mavjud bo‘lgan talabalar diqqatiga!

2025/2026-oʻquv yili yozgi semestr (qayta o‘qish) jarayonlari:
✔️ kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun (shu kuni ham) kuniga qadar.
✔️ qolgan barcha ta'lim shakllari bo'yicha tahsil olayotgan 1-, 2-, 3-, 4– va 5-kurs talabalari uchun joriy yilning 1-iyun kunidan 31-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar tashkil etiladi.
Yozgi semestrda ishtirok etish uchun:
1. kontrakt.edu.uz platformasi orqali kredit-shartnomasini shakllantiring va belgilangan to‘lovni amalga oshiring.
2. Joriy yilning 4-iyun kuniga qadar registrator.tersu.uz axborot tizmidan onlayn ro‘yxatdan o‘ting.

Yozgi semestr (qayta o‘qish) odatda quyidagilarni beradi:
- GPA (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi)ni belgilangan talab darajasiga chiqarish;
- grantlar tanlovida ishtirok etish imkonini olish;
- akademik qarzdorlikni yopish (yiqilgan yoki o‘zlashtirilmagan fanlarni qayta o'zlashtirish);
- bahoni yaxshilash va umumiy reytingni oshirish;
- keyingi kursga muammosiz o‘tish uchun shartlarni bajarish.

❌ Kredit-shartnomasida belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan talabalar registrator.tersu.uz axborot tizmidan ro‘yxatdan o‘ta olmaydi va ularga yozgi semestrda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi!

📌 kredit-shartnomasini shakllantirish va onlayn ro‘yxatdan o'tish bo'yicha video yo'riqnoma👇
🎬 kredit-shartnomasini shakllantirish
🎬 onlayn ro‘yxatdan o'tish

Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 20

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil