MOLIYAVIY XAVFSIZLIK BO‘YICHA TURKUM FAN OLIMPIADALARI O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 20-apreldagi 149-sonli buyrug‘iga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlari iqtidorli talabalari o‘rtasida “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha turkum fan olimpiadalari tashkil etiladi.

Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning moliyaviy, iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.

Olimpiadalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

Iqtisodiy xavfsizlik;

Yurisprudensiya;

Xalqaro munosabatlar;

Axborot xavfsizligi.

Nizomga muvofiq, olimpiadalar uch bosqichda:

saralash bosqichi;

respublika bosqichi;

xalqaro bosqich tarzida o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi har yili aprel oyida oliy ta’lim tashkilotlarida, respublika bosqichi esa har yili may oyida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bazasida tashkil etiladi.

Mazkur olimpiada talabalarning tahliliy va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, moliyaviy xavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdidlarni baholash ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni xalqaro maydondagi nufuzli tanlovlarga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan universitetimizning iqtidorli talabalari ushbu fan olimpiadasida faol ishtirok etishga taklif etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi fakultetlar hamda mas’ul bo‘limlar orqali e’lon qilinadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 21

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 22

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil