DIQQAT E'LON!

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yini doirasida "Rektor kubogi" turniriga start berilmoqda...

Turnir onlayn tarzda Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi telegram kanali https://t.me/TerDU_yoshlari orqali 14-16-18-20-22-yanvar kunlari bo'lib o'tadi. Turnir g'olib jamoalari Termiz davlat universiteti tomonidan diplom, estalik sovg'alari hamda quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 

1-o‘rin: 500 000 soʻm;
2-o‘rin: 350 000 soʻm;
3-o‘rin: 250 000 soʻm.

Turnirda ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, sirtqi, magistr)dan qat’iy nazar Termiz davlat universitetida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishlari mumkin. Turnir jami 5 ta tur (1-tur saralash) bo'lib ballar reyting ko'rinishida har turda qo'shib hisoblab boriladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun jamoa nomi va 6 kishidan iborat tarkibni 13-yanvar sanasigacha @Bahodirbek_Umidullayev1 manziliga yuboring!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil