๐Œ๐”๐‘๐Ž๐‰๐€๐€๐“

๐“๐„๐‘๐Œ๐ˆ๐™ ๐ƒ๐€๐•๐‹๐€๐“ ๐”๐๐ˆ๐•๐„๐‘๐’๐ˆ๐“๐„๐“๐ˆ ๐‘๐„๐Š๐“๐Ž๐‘๐ˆ, ๐๐‘๐Ž๐…๐„๐’๐’๐Ž๐‘ ๐€๐๐ƒ๐”๐๐Ž๐ƒ๐ˆ๐‘ ๐“๐Ž๐’๐‡๐๐”๐‹๐Ž๐•๐๐ˆ๐๐† ๐“๐€๐‹๐€๐๐€๐‹๐€๐‘๐†๐€, ๐๐‘๐Ž๐…๐„๐’๐’๐Ž๐‘-๐Žสป๐๐ˆ๐“๐”๐•๐‚๐‡๐ˆ๐‹๐€๐‘, ๐™๐ˆ๐˜๐Ž๐‹๐ˆ๐‹๐€๐‘, ๐Ž๐“๐€-๐Ž๐๐€๐‹๐€๐‘ ๐•๐€ ๐๐”๐‘๐Ž๐๐ˆ๐˜๐‹๐€๐‘๐†๐€ ๐Œ๐”๐‘๐Ž๐‰๐€๐€๐“๐ˆ

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan oสปtkazgan muloqotidan kelib chiqib murojaat qilmoqchiman.

๐€๐ณ๐ข๐ณ ๐ญ๐š๐ฅ๐š๐›๐š๐ฅ๐š๐ซ, ๐ช๐š๐๐ซ๐ฅ๐ข ๐ฒ๐จ๐ฌ๐ก๐ฅ๐š๐ซ! ๐Œ๐ฎ๐ก๐ญ๐š๐ซ๐š๐ฆ ๐ฉ๐ซ๐จ๐Ÿ๐ž๐ฌ๐ฌ๐จ๐ซ-๐จสป๐ช๐ข๐ญ๐ฎ๐ฏ๐œ๐ก๐ข๐ฅ๐š๐ซ, ๐ณ๐ข๐ฒ๐จ๐ฅ๐ข๐ฅ๐š๐ซ, ๐จ๐ญ๐š-๐จ๐ง๐š๐ฅ๐š๐ซ ๐ก๐š๐ฆ๐๐š ๐ช๐š๐๐ซ๐ฅ๐ข ๐ง๐ฎ๐ซ๐จ๐ง๐ข๐ฒ๐ฅ๐š๐ซ!

2026-yil 24-fevral kuni davlatimiz rahbari 

Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan boสปlib oสปtgan ochiq va samimiy muloqoti mamlakatimiz tarixida yoshlar siyosati yangi bosqichga koสปtarilganini yaqqol namoyon etdi. Bu uchrashuv shunchaki nutq yoki rasmiy tadbir emas, balki bu mamlakat kelajagining yoสปl xaritasi, yoshlar taqdiriga oid strategik qarorlar dasturi boสปldi.

Prezidentimiz taสผkidlaganidek, bugun yurtimizda 

๐Ÿ๐Ÿ ๐ฆ๐ข๐ฅ๐ฅ๐ข๐จ๐งdan ortiq yoshlar yashamoqda. Bu raqam shunchaki statistikani koสปrsatmaydi, bu – ulkan iqtisodiy kuch, intellektual salohiyat borligi anglatadi.

Shu maสผnoda, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan qoสปshimcha imkoniyatlar, bu imtiyoz emas, balki yoshlarga boสปlgan ishonchning amaliy ifodasi deb qabul qilishimiz kerak.

Prezidentimiz uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorligini qoสปllab-quvvatlash uchun ๐Ÿ๐ŸŽ๐ŸŽ ๐ฆ๐ข๐ฅ๐ฅ๐ข๐จ๐ง dollar qoสปshimcha mablagสป ajratilishini maสผlum qildi. Kredit limitlari bir necha barobar oshirildi. Startaplar uchun investitsiyalar kengaytirildi. “๐Œ๐ž๐ง๐ข๐ง๐  ๐›๐ข๐ซ๐ข๐ง๐œ๐ก๐ข ๐ค๐š๐ฌ๐›๐ข๐ฆ”, “๐Š๐ž๐ฅ๐š๐ฃ๐š๐ค ๐ญ๐š๐๐›๐ข๐ซ๐ค๐จ๐ซ๐ข”, “๐˜๐จ๐ฌ๐ก๐ฅ๐š๐ซ ๐›๐ข๐ณ๐ง๐ž๐ฌ ๐ข๐ง๐ค๐ฎ๐›๐š๐ญ๐จ๐ซ๐ข” kabi dasturlar yangi mazmun bilan boyitildi.

Ushbu qarorlar bilan davlatimiz yoshlarga “Kutinglar” emas, “Harakat qilinglar!” demoqda.

Bugun yoshlar bir vaqtning oสปzida bilim olishi, xorijiy til oสปrganishi, kasb egallashi, tadbirkorlik qilishi va turli loyihalarni amalga oshirishi ham mumkin. Demak, eshiklar ochiq, imkoniyatlar bor, sharoitlar yaratilgan. 

๐€๐ณ๐ข๐ณ ๐ญ๐š๐ฅ๐š๐›๐š๐ฅ๐š๐ซ!

Bugungi sharoit – tarixiy imkoniyatdir. Bunday imkoniyat har avlodga ham nasib etavermaydi.

Sizdan talab qilinadigan narsa – faqat bitta: masสผuliyat va ozgina harakat. 

Prezident sizga ishondi. Endilikda siz oสปzingizga ishonishingiz kerak.

Tarixga nazar tashlang: Buyuk allomalar yoshlik davridayoq ilmga, mehnatga, fidoiylikka bel bogสปlagan. Bugun sizda ular orzu ham qila olmagan imkoniyatlar bor.

Endi imkoniyat bor ekan – natija boสปlishi shart.

Prezidentimiz muloqotlarida barcha rahbar va masสผullarni yoshlar oldidagi masสผuliyatni chuqur anglashga ham chaqirdi. Bu chaqiruv bevosita biz – oliy taสผlim muassasalari rahbarlari, professor-oสปqituvchilariga ham qaratilgan.

Bugun universitet shunchaki diplom beruvchi muassasa boสปlib qolmasligi kerak. Universitet:

yoshlar gสปoyasi tugสปiladigan makon;

startaplar shakllanadigan markaz;

innovatsiya yetiladigan muhit;

milliy va umuminsoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan maskan boสปlishi shart.

Shu munosabat bilan, universitetimizda quyidagi ustuvor yoสปnalishlar belgilab olinadi:

har bir fakultetda yoshlar startap markazlari tashkil etiladi;

talabalarni biznes-reja tuzishga oสปrgatish boสปyicha amaliyotga yoสปnaltirilgan kurslar joriy qilinadi;

ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mexanizmlarini kuchaytiriladi;

“Yoshlar kuni”ni universitet darajasida muntazam amalga oshiriladi;

bitiruvchilarning ishga joylashishiga koสปmaklashish birinchi masala sifatida belgilanadi. 

Biz bir narsani aniq tushunishmiz kerak:

Prezident imkoniyat yaratdi. Universitet esa uni amalga oshirishi shart.

๐‡๐ฎ๐ซ๐ฆ๐š๐ญ๐ฅ๐ข ๐ฎ๐ฌ๐ญ๐จ๐ณ๐ฅ๐š๐ซ!

Yoshlar siyosatidagi har bir qarorning hayotga tatbiq etilishi, avvalo, sizning mehnatingizga bogสปliq.

Har bir talabaga oสปz farzandingizdek munosabatda boสปling. Ularning gสปoyasini eshiting. Ularni ragสปbatlantiring. Ishonch bering.

Prezident yoshlarga sharoit yaratmoqda. Biz esa ularni imkoniyatlardan foydalanishga tayyorlashimiz kerak.

๐๐š๐๐ซ๐ฅ๐ข ๐จ๐ญ๐š-๐จ๐ง๐š๐ฅ๐š๐ซ!

Farzandingiz taqdiri faqat taสผlim muassasasiga bogสปliq emas. Siz hamkor boสปlishingiz kerak. Farzandingizning oสปqishi, kasb egallashi, hayotda oสปz oสปrnini topishiga yaqindan yordam bering.

๐Œ๐ฎ๐ก๐ญ๐š๐ซ๐š๐ฆ ๐ง๐ฎ๐ซ๐จ๐ง๐ข๐ฒ๐ฅ๐š๐ซ!

Yosh avlodga tajribangiz, hayotiy saboqlaringiz, milliy qadriyatlar haqida aytib bering. Vatanparvarlik, halollik, fidoiylik kabi tushunchalar amaliy namuna, siz kabi nuroniylarning nasihati orqali singdiriladi.

Umuman olganda, 24-fevral uchrashuvi – bu shunchaki yigสปilish emas, mamlakat kelajagiga berilgan kafolat boสปldi desak, mubolagสปa boสปlmaydi.

Yoshlar siyosati yangi bosqichga koสปtarildi. Moliyaviy resurslar ochildi. Taสผlim va tadbirkorlik integratsiya qilindi. Ijtimoiy himoya kuchaytirildi.

๐„๐ง๐๐ข๐ฅ๐ข๐ค๐๐š ๐ž๐ง๐  ๐ฆ๐ฎ๐ก๐ข๐ฆ ๐ฏ๐š๐ณ๐ข๐Ÿ๐š – ushbu imkoniyatlarni natijaga aylantirish.

๐๐ข๐ณ – ๐ฎ๐ง๐ข๐ฏ๐ž๐ซ๐ฌ๐ข๐ญ๐ž๐ญ ๐ฃ๐š๐ฆ๐จ๐š๐ฌ๐ข – Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalarni toสปliq va vijdonan amalga oshirishga tayyormiz.

Yoshlarimizning bilimli, fidoiy, tashabbuskor va vatanparvar boสปlib kamol topishi – bizning ustuvor maqsadimizdir.

Ishonamanki, birlashgan holda harakat qilsak, yurtimizning kelajagi yanada yorugสป va mustahkam boสปladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Talabalar ovozi โ€“ rivojlanishning eng muhim mezoni

  • 2026-06-24
  • 20

Termiz davlat universitetida Oliy taโ€™lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi vakillari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.

Batafsil

Termiz davlat universitetida โ€œKaryera kuniโ€ mehnat yarmarkasi davom etmoqda!

  • 2026-06-24
  • 24

Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti bitiruvchilari uchun โ€œKaryera kuniโ€ boโ€˜lib oโ€˜tdi. Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 10 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oสปzlarining o'nlab boสปsh ish oสปrinlari va

Batafsil

Termiz davlat universiteti dunyoning eng yaxshi 500 ta universiteti safidan joy oldi

  • 2026-06-24
  • 44

Termiz davlat universiteti xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamlab, nufuzli Times Higher Education (THE) Sustainability Impact Rankings 2026 reytingida yuqori natijaga erishdi.

Batafsil