Xushxabar: Ilmiy izlanishlaringiz uchun Scopus imkoniyatlari!

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalariga ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish maqsadida Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga joriy yil uchun ham obuna yo‘lga qo‘yildi.

 ✅Foydalanish imkoniyatlari:

 🟢Universitet hududidagi istalgan nuqtadan Scopus bazasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish mumkin.

 🟢tersu.uz domeni bilan ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochta foydalanuvchilar uchun masofadan turib (remote access) foydalanish imkoniyati mavjud.

✅ Endilikda foydalanuvchilar:

🟢yetakchi xalqaro ilmiy jurnallar va maqolalarga murojaat qilish,

🟢dolzarb tadqiqotlarni tahlil qilish,

🟢dissertatsiya va ilmiy maqolalar uchun sifatli manbalarni aniqlash imkoniga ega bo‘ladilar.

🟢 Shuningdek, kelgusida ilmiy majmua xodimlari tomonidan Scopus tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Foydalanish yuzasidan tavsiyalar bo'yicha universitet ilmiy majmuasiga murojaat qilishingiz mumkin! Ushbu tashabbus universitetimizning ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro ilmiy maydondagi faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 24

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 23

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil